Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

06:56:14 (GMT +5), payshanba, 26 noyabr 2020

Rasmiy bayonot

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq va elektron OAVlarda Sardoba suv omboridagi texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etishda hamda Gulistonda kislorod balloni portlagan sport majmuasini tiklash ishlarida ishtirok etayotgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi korxona ishchilari maoshsiz ishlamoqda, degan xabar tarqatilmoqda.

Ma'lumki, yuqorida qayd etilgan tiklash-qurilish ishlarida yurtimizdagi salohiyatli barcha yirik korxona va tashkilotlar, ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Ushbu keng ko‘lamdagi ishlarda qatnashayotgan hech bir korxona, hech bir quruvchi u yerga foyda ko‘rish maqsadida bormagan, balki insoniylik nuqtayi nazaridan, kulfat tushgan damda yordam ko‘rsatish maqsadida yetib borgan va tiklash ishlarini faol amalga oshirib kelmoqda. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va uning tarkibiga kiruvchi “Ko‘prikqurilish” tresti ham shular jumlasidan.

O‘rganish jarayonida haqiqatdan ham tiklash ishlariga jalb qilingan “Ko‘prikqurilish” tresti otryadlari ishchilarining oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmagani aniqlandi. Buning asosiy sabablari hozirgi tiklash ishlarini bajarish davrida asosiy e'tibor avval shartnoma, moliyalashtirish va boshqa qog‘ozbozliklarni kutib o‘tirmasdan, yuz bergan falokat oqibatida zarar ko‘rgan inshootlarni tezlik bilan tiklash maqsadida juda katta kuch va texnikalar jalb etilib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirish boshlab yuborilgani, endilikda esa barcha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani bildirildi.

Bajarilgan ishlarning loyiha smeta hujjatlari va boshqa texnik yechimlar pandemiya davrida, mutaxassislarning karantin sharoitida ishlaganlari munosabati bilan ma'lum muddat kechiktirilib rasmiylashtirilishi natijasida ish hajmlarini topshirish va moliyalashtirilishida ayrim muammolar yuzaga kelgan edi. Bugungi kunda tiklash ishlariga jalb etilgan “Yangiyer temir-beton konstruksiyalari zavodi” UK va boshqa qator korxonalar ishchilarining avgust oyi uchun ish haqlari to‘liq to‘lab berildi.

Ushbu holatni to‘liq bartaraf etish va bu kabi ish haqi cho‘zilishi takrorlanmasligi uchun budjet mablag‘larini kutib o‘tirmasdan tijorat banklari kreditlarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar boshlab yuborildi. Bir hafta muddatida “Ko‘prikqurilish” tresti otryadlarining barcha ish haqidagi qarzdorliklari to‘liq bartaraf etilishi belgilab olindi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish