Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

07:15:10 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘idagi poyezdlarning tezligi cheklanganligi to'g'risida

Ma’lumki hozirgi vaqtda “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘idagi yer usti hududida “Toshkent City” xalqaro biznes markazining qurilishi keng ko‘lamda olib borilmoqda, ko‘p qavatli binolar barpo etilmoqda.

Metropoliten inshootlariga qo‘shimcha bosim ta’siri ortishini oldini olish maqsadida ushbu yo‘nalish bo‘ylab metro poyezdlarining harakatlanish tezligi kamaytirilgan.

“Xalqlar do‘stlgi” bekatidan “Paxtakor” bekatigacha asosiy qurilish ishlari bajarilgan va poyezdlarning loyihada belgilangan tezligi tiklangan.

“Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do‘stlgi” bekatlarigacha qurilish ishlari davom ettirilmoqda va shu sababli poyezdlarni harakat tezligi kamaytirilgan.

Metropoliten poyezdlarining belgilangan harakat tezligi qurilish ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng tiklanadi.

“Toshkent metropoliteni” UK keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raydi.

“Toshkent metropoliteni” UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish