O'zbekiston — Qozog'iston: Yuk tashish hajmini oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi

2023 yil 15-16 mart kunlari Qozog'iston Respublikasi Shymkent shahrida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va "Қазақстан темір жолы" AJ o'rtasida "Sariagash" davlatlararo tutashuv punktining yuk o‘tkazish salohiyatini oshirish uchun "Oq ko‘prik" (O'zbekiston) va "Sariagash" (Qozog'iston) stansiyalarida texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

Tomonlar, 2022 yilda davlatlararo tutashuv punkti orqali yuk tashish hajmi yiliga 32 million tonna, yoki kuniga o'rtacha 22 juft yuk poyezdini tashkil etgani qayd etildi.

Uchrashuv davomida prognozlashtirilayotgan hajmlarga erishish va ularni yanada oshirish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan "Oq ko‘prik" (O'zbekiston) stansiyasida rekonstruksiya jarayonida, mavjud bo‘lgan qabul qilish va jo‘natish yo'llarni uzaytirilish va qo'shimcha yo'llar qurilishi, joriy yilning avgust oyiga qadar yakunlanishi haqida axborot berildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida "Oq ko‘prik" chegara punkti orqali o'tkazish imkoniyati kuniga 30 juft poyezdidan 45 juft poyezdga oshiriladi va shunga mos ravishda yiliga yuk tashish hajmi 60 million tonnagacha oshishiga erishiladi. Shularni inobatga olgan holda, O'zbekiston tomoni "Қазақстан темір жолы" AJga "Sariagash" stansiyasining o'tkazish imkoniyatini oshirish uchun zarur choralarini ko'rish lozimligi to'g'risida murojaat qildi.

Shuningdek, mazkur ushrashuvda tomonlar poyezdlarni davlatlararo tutashuv punktlari orqali o'tkazish jarayonini tezlashtirish maqsadida ikkala tomon ham yuklar to'g'risida o'zaro dastlabki ma'lumotlarni to'liq taqdim etish (predinfo), hamda texnik va tijoriy ko‘riklarini o'tkazish vaqtini qisqartirish masalalari ham ko'rib chiqildi. 

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama uchrashuv Bayonnomasi imzolandi.


Axborot-tahlil media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI