Lokomotivlar parkini yangilash chora-tadbirlar qanday olib borilmoqda?

Taʼkidlash joiz, 2016-2022 yillar mobaynida lokomotivlar parkini yangilash maqsadida jami 59ta zamonaviy, xorijdan keltirilgan lokomotivlar xarid qilindi. Jumladan, 11 dona “O‘z-EL”, 7 dona – “3ES5K”, 22 dona – “2O‘z-ELR”, 8 dona – “2O‘z-UY” elektrovozlari hamda 4ta “Afrosiyob” yuqori harakatlanuvchi elektr poyezdi va uning qo‘shimcha vagonlari.

Ushbu zamonaviy lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkillashtirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Lokomotiv depolarni zamon talablariga javob beruvchi kerakli jihoz va uskunalar bilan taʼminlash maqsadida, Xitoy Xalq Respublikasidan 30 dona zamonaviy stendlar xarid qilindi. Shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasidan 3 dona, Ispaniyadan 5 dona lokomotivlarning g‘ildirak juftliklarini yo‘nish dastgohi, 2 dona elektrovoz tok qabul qilguvchini tekshirish stendi va 1 dona lokomotiv g‘ildirak tortuv elektr dvigatelni sinash stendlari keltirildi.

Lokomotiv depolardagi lokomotivlarning texnik suvini va moylash materiallar sifatini tekshirish hamda analiz qilish jarayonini yangilash maqsadida “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga 20 dona kerakli laboratoriya jihozlari xarid qilindi. Shuningdek, lokomotivning tortish meʼyori va boshqa parametrlari (podshipnik haroratini, tortuv elektr dvigatel kuchlanishi, tormozlash va tortuv rejimlar)ni tekshirish maqsadida dinamometrik vagonga zamonaviy jihozlarni Xitoy xalq respublikasidan xarid qilinib, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJda qurildi. Bundan tashqari, 2019 yilda Toshkentdagi Chuqursoy bekatida lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish sexi qurildi.

Yuqoridagi xarid qilingan zamonaviy lokomotivlarni boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, olib kelingan jihozlarni ishlatish bo‘yicha va xorijiy yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida tajriba almashish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI