Yo‘lovchilarga e'lon va eslatma!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq rasmiy sanalarni nishonlash davrida fuqarolarning dam olishlari uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish hamda 2022-yilda dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida, “O‘zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan mamlakatimizda ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida 2022-yil 1–4-sentabr kunlari mamlakatimiz ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda:


- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%; 


 - Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta'lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%; 


 -  Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  


- Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%; 


- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.


IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.


Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI