Hurmatli va aziz temiryo‘lchilar!

Sizlarni va Sizlar orqali jamoa a’zolaringizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!

Bugungi kunda temir yo‘l sohasida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlarga har biringizning munosib hissangiz borligini e’tirof etamiz va bundan cheksiz fahrlanamiz. 

Yurtimiz obodonligi, halqimizning farovonligi, baxt-saodati, sohamizning istiqbolli taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan fidokorona faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 
boshqaruv raisi v. b. 
X.N.Xasilov

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI