Faxriy kasb bayrami!

Maʼlumki, mamlakatimizda 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida temir yo‘l transporti xodimlari kuni nishonlanadi.

Bugun "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda bir guruh temiryo‘lchilarni faxriy diplom va yuksak mukofotlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov barchani temir yo‘l transporti xodimlari kuni bayram bilan tabriklab, sohada amalga oshirilayotgan jarayon va islohotlar, 80 ming nafardan ziyod temiryo‘lchilar jamoasining muhim yutuqlari haqida nutq so‘zladi. Xususan, Mustaqillik yillarida yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, ularni elektrifikatsiyalash, zamonaviy lokomotivlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari, yer usti metro liniyalar, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish kabi yirik loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi va eng muhimi, yurtimiz aholisi va milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to‘liq qondiradigan yagona va integratsiyalashgan temir yo‘l tizimi yaratildi, hududlarini yana-da rivojlantirish, minerallarga boy resurslar, neft va gaz, rangli metal, qurilish materiallari va boshqa qimmatbaho minerallarni kompleks rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekiston zamonaviy transport kommunikatsiyalari va tranzit salohiyatiga ega davlat sifatida dunyo miqyosida keng tanilmoqda.

Shuningdek, tadbirda bir guruh temiryo‘lchilar tantanali ravishda qator mukofotlar bilan taqdirlandilar. Xususan, temir yo‘l transportidagi hamkorligi hamda o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarni yaratishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Temir yo'l hamkorligi tashkiloti hamda MDHga aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti Kengashining Faxriy diplom va Faxriy yorliqlari topshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston temir yo‘l sohasi xodimlarining bir guruhi "Faxriy temiryo‘lchi" nishoni bilan taqdirlandi. Maʼlumki, ushbu mukofot Temir yo‘l transporti Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlarning temir yo‘l transporti xodimlariga ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati, yuqori va barqaror ko‘rsatkichlari, temir yo‘l transporti faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qo‘shadigan fan, texnika va ilg‘or texnologiyalar yutuqlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq fidokorona harakatlar, yo‘lovchilar hayoti, ishonib topshirilgan yuk va mol-mulkning xavfsizligiga qo‘shgan hissa uchun taqdirlanadi. Bu yil jami 23 nafar temir yo‘l sohasining mutaxassislari yuqori mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofotlanganlar ro‘yxati ushbu maqolaga ilova qilindi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI