O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston: Qo'shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 25-26 iyul kunlari Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman doirasida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida “”Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” temir yo‘lini qurish” loyihasi bo‘yicha loyiha ofisining navbatdagi uch tomonlama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi o‘rinbosari A.S. Kamalov, Afg‘oniston tomonidan Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi raisi Alhaj Baxturrahmon Sharofat hamda Pokiston tomonidan Pokiston Islom Respublikasi Temir yo‘llari vazirligining infratuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari Arshad Salam Xattak boshchilik qildilar. Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari A.A. Mo‘minov va Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Sayid Ali Asad Gillani ham ishtirok etdilar.

Yig‘ilish doirasida “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” temir yo‘lining qurilishi O‘zbekiston, Afg‘oniston hamda Pokiston mamlakatlari uchun yirik istiqbolli, iqtisodiy jihatdan katta foyda bo‘ladigan loyiha ekanligi, bu yo‘nalishda yuk tashishni taʼminlab, ushbu temir yo‘l orqali Pokiston bandargohlariga chiqish amalga oshirish, shuningdek tomonlar uchun keng qamrovda tranzit imkoniyatlarini yaratib, mamlakatarning iqtisodiy rivojlanishiga, xususan, temir yo‘llarini tez orada taraqqiy etib ketishiga sabab bo‘lishi taʼkidlandi. 

Tomonlar “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” temir yo‘lini qurilishi bo‘yicha amalga oshrinlgan ishlar muhokama qildilar. Xususan, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini yaratish doirasida dala ekspeditsiyasini o‘tkazish kabi masalalarni muhokama qilib, keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan kelishib oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI