“Burchi mullo” dam olish oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti va “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK bilan hamkorligida “Burchi mullo” bolalar sog‘lomlashtirish  oromgohida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa boshlanishidan oldin “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK ning “Qutqaruv guruhi” komandasi bolalar uchun favqulodda holatlarda qanday yordam ko‘rsatish yo‘llari, qutqaruv usullarini amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berishdi. 
Bolalar ishtirokida tashkil etilgan musobaqada bolalar guruhlarga bo‘linib ishtirok etishdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, turli uskuna va moslamalardan foydalanish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rish orqali ishtirokchilar malakasini oshirish edi. 

E’tiborlisi shundaki yosh qutqaruvchilarga professional “Qutqaruv guruhi” a’zolarining chiqishlari manzur bo‘lib, ularning professionallik mahoratlari katta ta’surot qoldirdi. 

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasi ishtirokchilari  esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI