O‘zbekiston – Afg‘oniston: Termizdagi Oliy va o'rta mahsus ta'lim markazi huzuridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda o'tkazilgan "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish" Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Hasilov, shuningdek, Afg‘oniston temir yo‘llari bosh direktori Baxt Ul-Raxmon Sharofat hamda uning texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Seddiki Abdul Bari bilan afg'onistonlik talaba yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazining temir yo‘l yo‘nalishida tahsil olayotgan afg‘onistonlik talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklda bo‘lib o‘tgan tadbirda, talaba yoshlarning istoqbolli rejalar muhokama etilarkan, bo‘lajak kasb egalariga O'zbekistonda temir yo'l sohasining tegishli bo'linmalari korxonalarida amaliyot o'tash uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, temir yo'l sohasidagi tarmoq korxonalarida taqsimlash orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyati to'g'risida taklif bildirildi. Bu esa o'z navbatida ularning kasbi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirishga xizmat qilishi xususida  suhbatlashildi. 

"Masalan, bitiruvchilar Afg'oniston hududida mavjud bo'lgan temir yo'l stantsiyalarida, stansiyaga taaluqli ishlarini bajarishlari mumkin, lekin signalizatsiya, elektr ta'minoti, lokomotiv va vagon xo'jaligi kabi yo'nalishlarni tegishli korhonalarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llamasdan ishlashlari mumkin emas, – deydi X. Xasilov. – Mamlakatimizda oltita mintaqaviy temir yo'l uzellari mavjud bo‘lib, Afg'onistonga eng yaqini Termizda joylashgan. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan barcha temir yo‘l xo'jaliklari ushbu tarkibiy bo'linma tassarufida mavjud. Ushbu korxonalarning har biri bitiruvchi yoshlarni kasb yo‘nalishlari bo‘yicha ishga qabul qilib, tegishli ish haqini to'lashga tayyor".

Qo‘shni davlat mutasaddilari ushbu taklifni katta mamnuniyat bilan qabul qildi. Bunday dolzarb yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlashda O‘zbekiston davlatining ko'maklashgani va samimiy ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. 

"Mamlakatimizda yangi temir yo'l loyihalarini tadbiq etish rejalarini, shuningdek, bu boradagi olib borilayotgan sa’yi-harakatlarni yanada rivojlantirish maqsadlarni inobatga olinsa, bunday takliflar juda qadrlidir. – dedi baxt ul-Rahmon Sharafat. – Bizning yoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ya’ni nafaqat ta’lim olishlari, balki nazariyani amaliyot bilan mustahkamlash imkoniyati uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bu borada uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz".

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda temir yo'l yo'nalishida umumiy hisobda 33 nafar, shu jumladan 4 nafar qizlar talabalar qatorida tagsil olishgan. Ularning barchasi Afg'onistonning 13 ta viloyatidan ta'lim olishga qaratilgan edi. Joriy yilda ulardan 25 nafari o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladi va ularga ta'lim to'g'risidagi diplomlar topshirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar afg'onistonlik yosh mutaxassislarini ishga joylashtirish bo‘yicha tashkiliy jihatlari hamda boshqa masalalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI