YHQga rioya etmagan haydovchi poyezd bilan to‘qnashdi

Qanchalar ayanchli bo‘lmasin, yo‘l harakati qoidalariga rioya etmayotgan avtotransport vositalar xaydovchilari o‘zini hamda atrofdagilar hayotini havf ostiga qo‘yish holatlari afsuski tez-tez kuzatib kelinmoqda.

Joriy yil 07 yanvar kuni soat 18:18da, Xiva – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd Xonka - Bog‘ot peregonidagi qo‘riqlanmaydigan turdagi temir yo‘l kesishmasida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Xayitboyev “Сobalt” rusumdagi avtommobilni boshqarayotgan paytda, to‘xtash belgisiga amal qilmay harakatlanganligi uchun yo‘lovchi poyezdi yo‘liga chiqqan va unga urilgan. Avtomobil haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan. Yolovchi poyezd teplovoziga shikast yetkazilganligi bois maxsus texnika jalb qilinib, unga texnik xizmat ko‘rsatildi. Natijada poyezd soat 19:15da o‘z harakatini yo‘nalish bo‘ylab davom ettirdi va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib bordi.

Hozirda ushbu xolat bo‘yicha huquq-tartibot hamda boshqa tegishli idoralar tomonidan sodir bo‘lgan yo'l transport hodisasi yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, piyodalar, avtomobil xaydovchilari! Unutmang! Temir yo‘l atrofi – xavfi yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi! Mazkur joylardan o‘tish qoidalarni eslab ularga qat'iy rioya etish zarur! 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI