Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi

Oʻzbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga koʻtarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy xolatlarning har qanday koʻrinishlariga qatʼiy murosasizlik madaniyatini shakllantirishda yuksak gʻoyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu isloxatlarning tub zamirida Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyiliga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yoʻlida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda.

Shu oʻrinda isloxatlarning chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samardorligini izchil taʼminlab borish aloxida kasb etadi.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ijobiy yutuqlarga erishgan rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, korrupsiya koʻrinishlarining oqibati bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga asosiy eʼtibor qaratilgan va bu oʻz samarasini berganini amalda koʻrib turibmiz.

Xalqaro tajribada bu kabi profilaktik vositalardan biri korrupsiyaga qarshi muvofiqlik “komplayens-nazorat” tizimi deb nom oladi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ham ushbu illatga qarshi kurashish, uni oldini olish, davlat va jamiyatning barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli isloxatlar boshlangani sir emas.

Bu oʻrinda Prezidentning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” gi PF-6013 -son Farmoniga asosan, 2020-2021-yillarda barcha dvlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ustav kapitlida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy nazorati tizimini bosqichma-bosqich joriy etish Korrupsiyaga qarshi   kurashish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shuningdek, Prezidentning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻriisida” gi PQ-5177–son Qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Mazkur Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruv raisining 2020-yil 26-oktyabr №718-N-sonli buyrugʻi bilan “Komplayens-nazorat boshqarmasi” tashkil etildi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruv raisining 2021-yil 18-oktyabr kuni №1034-N-sonli buyruq bilan Boshqarmaning Nizomi tasdiqlandi hamda Boshqarmaning nomi “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va komplayens boshqarmasi” ga oʻzgartirildi.

Kuyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Jamiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha faoliyatini takomillashtirish;

  • Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi ichki nazoratni oʻrnatish;

  • Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;

  • Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • Jamiyat xodimlariga korrupsiyaga qarshi ichki nazorat masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

  • kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;

  • Jamiyat faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida soʻrovlar oʻtkazadi;

  • Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi.

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan boʻlamiz!