«O‘zbektemiryo‘lekspeditsia» UK
Transport xizmatlar bozorida ishonchli va barqaror
“O'zbektemiryo'lekspeditsia” Unitar korxonasi 1995 yil dekabr oyida tashkil qilingan bo'lib, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadordik jamiyati tasarrufiga kiradi. “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq O'zbekiston temir yo'llari hududi bo'yicha xalqaro miqyosda yuk tashish uchun transport-ekspeditorlik faoliyatida vositachi vazifasini bajaradi.
“O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK korxona, tashkilot va firmalar, shuningdek jismoniy shaxslarga quyidagi ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatadi:
-yuk jo'natilayotgan temir yo'l bekatidan manzil temir yo'l bekatigacha yuu tashish jarayoninini tashkil qilish;
-mijoz shartlaridan kelib chiqqan holda yuk tashishning optimal sxemasini tanlash;
-transport-ekspeditorlik faoliyat bilan bog'liq masalalarda konsul`tatsiya olish;
-temir yo'lda tashuvchilar bilan amalga oshirishgan tashish uchun xisob-kitoblarni amalga oshirish;
-temir yo'l harakatdagi tarkibiga ortilgan yuklarni kuzatish va nazorat qilish xizmatini taqdim etish;
-xalqaro va mahalliy temir yo'l tashishlarda yuk jo'natuvchi va yuk qabul qiluvchilaga transport-ekspeditorlik xizmatini tashkil qilish va amalga oshirish.
Ekspeditorlik xizmat ko'rsatishning raqobatbardoshlik sharoitlarini ta'minlash maqsadida “O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK MDH davlatlari temir yo'l ma'muriyatlari, Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan transport-ekspeditorlik xizmati ko'rsatish huquqini burevchi to'g'ridan-to'g'ri kelishuvlarga ega bo'lib, vositachilarsiz va, natijada, transport tariflarining ortiqcha oshirilishiga yo'l qo'ymagan holda O'zbekistondan shu mamlakatlardan o'tuvchi yuklarga
ekspeditorlik xizmati ko'rsatish imkonini beradi.
“O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ekspeditorlik tashkilotlari bilan aloqalarni kengaytirish va yuk jo'natuvchilarga “door to door” sharoitlarida yuklarni yetkazib berish bo'yicha kompleks xizmatlar ko'rsatishga alohida e'tibor bermoqda.
Ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini yanada kengaytirish maqsadida “O'zbektemiryo'lekspeditsia”
UK o'z tasarrufidagi harakatdagi tarkib parkini ijaraga beradi.
“O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK qoshida asosiy maqsadi Afg'oniston Islom Respublikasi hududidagi temir yo'llardan foydalanish va unga xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lgan “Sogdiana Trans” shu'ba korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish va mavjud imkoniyatlarni namoyish qilish maqsadida korxona o'z faoliyatini sifat menejmenti printsiplariga moslashtirish va qonunchilikdagi me'yoriy hujjatlar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2006 yil “O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK xalqaro standartlarga to'la mos keluvchi sifat menejmenti Tizimi joriy qilindi.
2007 yil 22 mayda “O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK ISO 9001:2000 xalqaro standartlarga mos sifat menejmenti Tizimiga muvofiqlik Sertifikatiga sazovor bo'ldi.
Hozirda “O'zbektemiryo'lekspeditsia” UK ISO 9001:2015 xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi sifat menejmenti Tizimi tadbiq etilgan.