«RUSСON» MChJ

“RUSKСON” MChJ – “DELO” kompaniyalar guruhining transport va logistika xizmatlari bo`yicha multimodal integratori, shuningdek, xalqaro multimodal konteyner tashuvlarini amalga oshiruvchi Rossiyaning eng yirik transport ekspeditorlaridan biri. Kompaniyaning asosiy afzalliklaridan biri - Rossiyaning eng yirik transport va port infratuzilmasidan imtiyozli foydalanish imkoniyatiga egaligi, shu jumladan Novorossiysk dengiz portiga, shuningdek, quruqlikda va dengizda konteyner terminallarining mavjudligi. Kompaniyaning Rossiya Federatsiyasida ham, chet elda ham, jumladan Xitoy va Qozog'istonda, bir qator vakolatxonalari bor.

“RUSСON” MChJ kompetensiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri bu yuklarni tashish, saqlash, qayta yuklash va axborot bilan ta'minlash operatsiyalarining integratsiyalashganligidir, bu o`z navbatida xaridorlar uchun qo'shimcha strategik afzalliklarni yaratadi.

“RUSСON” MChJ bir qator xalqaro dengiz tashuvchilari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalariga ega, bu esa mijozlarga yuk tashuvlarining eng maqbul tarif narxlarini, yuklarning to'liq xavfsizligini va yetkazib berish muddatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Joriy yil 15 sentabrda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “RUSKON” MChJ o'rtasida mavjud xalqaro multimodal transport yo'nalishlaridan foydalangan holda yuk tashuvlari hajmini oshirish bo'yicha axborot-maslahat yordamini ko'rsatuvchi O'zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Aloqa:

  • Naberejnaya Admiral Serebryakov, 17

  • Novorossiysk, Rossiya Federatsiyasi
    Tel.:    +7 8617 67-80-00

  • Faks:   +7 8617 67-80-66

  • Kompaniya faoliyati to'g'risida to'liq ma'lumotni

kompaniyaning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin:

https://www.ruscon.global/en/