Chabahar porti

Chabahar porti Eronning janubi-sharqida, Ummon dengizi va Hind okeanining shimolida joylashgan boʻlib, Markaziy Osiyoning dengiz bilan bogʻlanmagan mamlakatlari uchun xalqaro dengizga olib chiquvchi eng yaqin yoʻl hisoblanadi. Uni Eronning boshqa portlari va Fors koʻrfazining janubiy sohilidagi portlardan ajratib turadigan xususiyati uning xalqaro ochiq dengizlarga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqishidir. 

Chobahar porti, boshqa Eron portlari kabi, Eron portlari va dengizchilik kompaniyasiga kiradi ("PMO"). "PMO" portlar faoliyatini rivojlantirish va tartibga solish va ularni boshqarishni amalga oshiradi.

Chobahar porti o‘z mavqeiga ko‘ra geosiyosiy, geoiqtisodiy va geostrategik salohiyatdan foydalanadi. Port Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Rossiya va Yevropa davlatlari oʻrtasida transport darvozasi, shuningdek, markaziy savdo markazi rolini oʻynashi mumkin.

Port bilan temir yo‘l va transport aloqalari Markaziy Osiyo uchun xalqaro yuk tashishni yanada yaxshiroq tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 

Chobahar portining qurilishi Eron va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning eng yirik loyihalaridan biridir. Hozirda Chabahar porti Shahid Kalantari porti va Shahid Beheshti porti nomli ikkita port majmuasidan iborat.

Eronda Bandar-Abbosdan keyin eng yirik hisoblanuvchi Chоbahar porti “Shimol-Janub” xalqaro tranzit koridorining asosiy elementi hisoblanadi.

2022 yil 23-26 yanvar kunlari O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga rasmiy ishchi tashrifi bo'lib o'tdi.

Tashrif yakunlari bo'yicha 2022-yil 25-yanvar kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Chоbahar porti o'rtasida,  mavjud xalqaro multimodal transport yo`laklaridan foydalangan holda tomonlarga tranzit, logistika va yuklarni tashish sohasida axborot-konsultativ yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Aloqa:

  • Portlari va dengizchilik kompaniyasi «PMO»

  •  No.1, Shahidi k., Vanak mayd., Tehran sh, Iran

  • Tel. (+98 21)  84931

  • Faks (+98 21) 88651191

  • E-mail: info@pmo.ir  

Port xizmatlari va narxlar ro`yxati haqida to`liq ma`lumotni Portning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: 

https://chabaharport.pmo.ir/en/home