Profilaktik yig‘ilish

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati “Yo‘lovchi vagonlarni texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali”da “Terrorizm va diniy ekstremizm davr muammosi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tadbirga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Sihatgoh” sanatoriy-profilaktoriysi rahbari, sosiologiya fanlari doktori T.Matibayev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari S.Atajanov va M.To‘laganovlar, O‘zbekiston musulmonlar idorasi diniy qo‘mitasi vakili Sh.Jo‘rayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yetakchilar Kengashi raisi R.Eshanqulov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi mutaxassislari, shuningdek “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati filial va bo‘lim boshliqlari hamda ishchi-xodimlar taklif qilindi. 
Yig‘ilishni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Sh.Yusupov olib bordi.

So‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarga “Mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bosh maqsadimiz”, “Terrorizm va diniy ekstremizm davr muammosi” va boshqa hozirgi kundagi dolzarb mavzulardagi taqdimotlarni havola qilib, hayotiy misollar orqali ma’lumot berdilar. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Sihatgoh” sanatoriy-profilaktoriysi rahbari, sosiologiya fanlari doktori Toshpo‘lat Matibayev O‘zbekistonda diniy munosabatlar erkinligi, o‘zga din vakillariga nisbatan ham birdek to‘laqonli e’tiqod qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini alohida ta’kidladi. Yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash shuningdek, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish ishlarida faol ishtirok etish har bir fuqaroning vazifalardan biri ekanligi haqida gapirdi. 

-“Ayni paytda, ayrim insonlarning dunyoviy va diniy bilimlarni sayozligi, sof diniy tushunchalarni asl mazmunini bilmasliklari diniy ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o‘z nomini muqaddas islom dini bilan bog‘lashga urinadi. “Islom” so‘zining lug‘aviy ma’nolaridan biri “tinchlik” bo‘lib, u hech qachon buzg‘unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Men odamlarni islom dini bilan dinga aloqasi bo‘lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o‘rtasidagi farqni tushunib olishlarini istardim”,-deydi O‘zbekiston musulmonlar idorasi diniy qo‘mitasi vakili Shukrullo Jo‘rayev. 

Yig‘ilish yakunida ishtirok etgan temiryo‘lchilarga, ayniqsa vagon kuzatuvchilariga faoliyatlari davomida har bir yo‘lovchiga, har bir jarayonga yanada hushyor bo‘lishlari kerakliklari aytilib, ushbu yig‘ilishda olgan ma’lumotlarini yaqinlari va oila a’zolariga ham yetkazib, ularni ham ogoh bo‘lishga chaqirishlari so‘raldi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI