"O'zbekiston temir yo'llari" va Laosning "BlueGrass Design Group Sole Co., Ltd." o'rtasida hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi
2024 yilning 28 oktabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirov va Laosning "BlueGrass Design Group Sole Co., Ltd." kompaniyasi bosh direktori Kiriya Banchonpakdi o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l orqali tashishlar va logistika aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
"BlueGrass Design Group Sole Co., Ltd." kompaniyasi asosan konteyner yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanib, logistik sohada keng ko‘lamli tajribaga ega. Tomonlar kelgusida logistika aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ va "Temiryo‘lkargo" AJ bilan Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish va konteyner tashish xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI