"O'zbekiston-2030" Strategiyasi: Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 -yil 11-sentabrdagi Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasining 2023-2030-yillarga mo'ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi – "O'zbekiston-2030" tasdiqlandi.

Strategiya yangi O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi tajribasi va keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan. U 2023-yilda sodir bo'lgan konstitutsiyaviy-huquqiy sohadagi o'zgarishlarni hisobga oladi.

Rivojlanishning asosiy yo'nalishlari:

- barqaror iqtisodiy rivojlanish yo'li bilan o'rtacha daromaddan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish;
- xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to'liq mos keladigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
- aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish;
- xalqqa xizmat qiladigan adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
- mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlash.

Strategiyaning 5 ustuvor yo'nalishi.

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun strategiya beshta ustuvor yo'nalishni belgilaydi:

1. Har bir insonning salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish;
2. Barqaror iqtisodiy o'sish bilan aholi farovonligini ta'minlash;
3. Suvni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
4. Qonun ustuvorligini ta'minlash, xalqqa xizmat qilishga yo'naltirilgan davlat boshqaruvini tashkil etish;
5. "Xavfsiz va tinch davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatning izchil davomi.

Ta'kidlanishicha, "O'zbekiston-2030" strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasida yaqin hamkorlikni talab etadi.

Hujjat bilan bu yerda batafsilroq tanishishingiz mumkin.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI