Vagon xo‘jaligi komissiyasining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Vagon xo‘jaligi komissiyasining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 10-12-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida Hamdo‘stlikka aʼzo davlatlar temir yo‘l transport Kengashi maʼmuriyatlarining vagon xo‘jaligi komissiyasining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 15 dan ortiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa davlatlardan 120 dan ortiq vakillar ishtirok etib, vagon xo‘jaligiga tegishli dolzarb masalalar yuzasidan qizg‘in va murosali muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harakat xavfsizligini taʼminlash, yuk va yo‘lovchi vagonlar taʼmir sifatini oshirish, innovatsion yuk vagonlarni yurish marshrutlarini maqbullashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, ishtirokchi davlatlarga tegishli yuk va yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, meʼyoriy texnik hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.   

Shuningdek, Komissiya aʼzolariga Yangi O‘zbekiston Respublikasining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ istiqbolli rejalari, bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar bo‘yicha ishtirokchi mehmonlarga maʼlumotlar berildi va kelgusidagi rejalarni tuzishda hamkorlik bilan faoliyat yuritish kelishildi.

Vagon xo‘jaligi komissiyasining yig‘ilishi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va temir yo‘l transporti sohasida integratsiyani mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Turli mamlakatlar vakillari vagon xo‘jaligi sohasida birgalikda ishlashga va tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi, bu esa transport sharoitlarini yaxshilashga va umuman temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI