Aziz va qadrli temiryo‘lchilar!
Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan ayyom – Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Barchangizga maʼlumki, mustaqillik yillarida temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish, ularning xavfsizligini taʼminlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, lokomotiv, yuk va yo‘lovchi vagonlari parki modernizatsiyasi, yangi stansiyalar, muhandislik inshootlari barpo etilishi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirgan temir yo‘l tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘iga aylandi.
Eng asosiysi, temir yo‘l transporti eng qulay va xavfsiz transport turi sifatida xalqimiz ishonchini qozondi.
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston temir yo‘llarini jahon temir yo‘l transporti talablariga har tomonlama javob beradigan mustahkam, zamonaviy tizimga aylantirish maqsadida temir yo‘l transporti xizmatlar bozorini isloh qilish, sohada raqobat muhitni yaratish, istiqbolli investitsion loyihalar samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiya va raqamlashtirishni joriy etish, temir yo‘l transporti sohasida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish ishlari izchil olib borilayotir.
Sohaga eng zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlangan davlatlar bilan bellasha oladigan sohaga aylantirish borasida ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda.
Har biringiz temir yo‘l sohasining ana shu yangi rivojlanish yo‘lida o‘z mehnatingiz bilan hissa qo‘shib, sidqidildan mehnat qilishingizga ishonamiz.
Yurtimiz rivoji va temir yo‘l taraqqiyoti yo‘lida o‘z bilim, malaka va kuch-g‘ayratingizni safarbar etib olib borayotgan faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!
Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt va saodat tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom bilan
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Z. Narzullayev
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika
Kengashi raisi
Q. Sabirov.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI