TDT: Temir yo'l ma'muriyati rahbarlarining Ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

TDT: Temir yo'l ma'muriyati rahbarlarining Ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi

2023 yil 14 sentabr kuni Istanbulda Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda o'zaro va umumiy hamkorlikning bir qator muhim masalalari muhokama qilindi.

Majlisda TDT bosh kotibi K.Omuraliyev, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev, "Turkiya davlat temir yo'llari" transport aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi va bosh direktori (TCDD Taşımacılık A.Ş.) U.Yalchin, "Qirg'iziston temir yo'li" davlat korxonasi bosh direktori A.Sakiyev, "Azerbaycan Dəmir yollari" YAJ boshqaruvi raisining o'rinbosari I.Guseynov va "Qozog'iston temir yo'li" AJ strategiyasi bo'yicha boshqaruv raisining o'rinbosari A.Axmetjanov.

Uchrashuv davomida muhokama qilingan masalalardan biri 2022-yil dekabr oyida Turkiyadan O'zbekistonga birinchi yuk yo'nalishli poyezdini ishga tushirish bo'ldi. Uchrashuv ishtirokchilari TDTning boshqa a'zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar o'rtasida shunga o'xshash yo'nalishli poezdlarini tashkil etish bo'yicha tashabbuslarini qo'llab-quvvatladilar.

Shuningdek, TDT doirasida iqtisodiy jihatdan samarali va o'z vaqtida xalqaro temir yo'l yo'laklarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar multimodal transport yo'nalishlarini, xususan, Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'l liniyasini rivojlantirish muhimligini ta'kidladilar. Ushbu yo'lak TDTga a'zo davlatlar va qo'shni mintaqalar o'rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlarga ega. Shuningdek, TDT hududida muqobil, iqtisodiy jihatdan samarali va o'z vaqtida xalqaro temir yo'l yo'laklarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

Temir yo'l infratuzilmasini strategik rivojlantirish va me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish ham muhokama mavzusiga aylandi. Uchrashuv ishtirokchilari muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. 

Uchrashuv natijasida TDTga a'zo davlatlar temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvini o'tkazish vaqti va joyini aniqlash to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu temir yo'l transporti sohasida konstruktiv muloqot va hamkorlikni davom ettirish hamda ushbu muhim sohani yanada rivojlantirish uchun yangi strategiya va loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Axborot-tahlil media markazi
"O' zbekiston temir yo 'llari"AJ

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI