"O'zbekiston temir yo'llari" AJ xalqaro hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati  tomonidan xalqaro hamkorlikni tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Ulardan biri  xalqaro tashkilotlar, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning temir yo‘l maʼmuriyatlari, xorijiy davlatlarning elchixonalari va konsulliklari, kompaniya va tashkilotlarning vakolatxonalari va Respublikaning boshqa norezidentlari bilan xalqaro hamkorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat ishlarini taʼminlab kelinmoqda. So‘nggi yillarda jamiyat tomonidan bir qator bitimlar imzolandi va amalga oshirildi.

Hamkorlik doirasida temir yo‘llarini modernizatsiya qilish va qurish, yuk va yo‘lovchi tashishlarning yangi yo ʼnalishlarini yaratish va tranzit yo‘llarini rivojlantirish bo ʼyicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ temir yo‘l hamkorlik tashkiloti (ОСЖД) aʼzosi qatorida hisoblanib kelmoqda. Shuni taʼkidlash kerakki Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti tomonidan yo‘laklarni tadqiq qilish, xalqaro yuklarni manziliga yetib borishdagi to‘siqlarni aniqlash, ularni bartaraf qilish bo‘yicha chora - tadbirlarni ishlab chiqadi, hamda, yo‘laklar orqali tashish bo‘yicha statistik maʼlumotlarni to‘playdi. Poyezdlarning namoyish dovonlarini tashkil etadi, Temir yo‘l hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yo‘llari atlasini tuzadi, yo‘lak ishtirokchilarining memorandumini imzolashga tayyorgarlik ko‘radi. Bundan tashqari  mavjud transport yo‘laklari tizimlari bilan Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti  yo‘laklarini tahlil qiladi. Transport koridorlarining yangi yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

O‘z navbatida, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Temir yo‘l hamkorlik tashkiloti  doirasida o‘tkaziladigan barcha konferensiyalar, majlislar va yig‘ilishlarda faol ishtirok etmoqda.
So‘nggi yillarda eng diqqatga sazovor tadbir va yig‘ilishlar orasida 2021 yil 19-23  kunlari Temir yo‘l hamkorlik tashkilotining (ОСЖД) temir yo‘llari bosh direktorlari konferensiyasining XXXVI yig‘ilishi, 2021 yil 15-18 iyun kunlari  Temir yo‘l hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar vazirlari yig‘ilishining XLIX sessiyasi, Temir yo‘l hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar vazirlarining yig‘ilishi va 2021 yil 30 noyabrdan 3 dekabrgacha temir yo‘l Bosh direktorlari konferensiyasining vakolatli vakillari yig‘ilishlari o‘tkazildi.
 
Ushbu Kengash doirasida jamiyat faol ishtirok etgan tadbirlar, yaʼni Hamdo‘stlik mamlakatlari temir yo‘l transporti Kengashining (ЦСЖТ) 74-va 75-majlislari o‘tkazildi. Shuningdek, 2021 yil 18 avgust kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yo‘l boshqarmalari rahbarlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5266-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda SHHTda O‘zbekiston Respublikasi raisligi konsepsiyasiga muvofiq Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yo‘l boshqarmalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston", "Mozori-Sharif – Kobul – Peshovor" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ishchi guruh faoliyatida ishtirok etmoqda. Hamda, "OTM – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya - Yevropa. " xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirishda qatnashib kelmoqda.

Turkiy tilli mamlakatlar tashkiloti davlatlari o‘rtasida yuk tashish hajmini yana-da rivojlantirish va oshirish maqsadida 2022 yil 27 oktyabr kuni turkiy tilli mamlakatlar tashkiloti (TDT) davlatlari temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi Toshkentda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshchiligida bo‘lib o‘tdi, ekspertlar uchrashuvi esa bugungi kunda ham davom etmoqda.

Umuman olganda, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning xalqaro hamkorligi Markaziy Osiyoda temir yo‘l infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi va rivojlantirish uchun muntazam ravishda qator ishlar olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI