“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

2023 yilning 2-3 mart kunlari Temiryo‘lchichlar madaniyat saroyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va tarkibidagi korxonalar, “O‘zbekiston havo yo‘llari” avia kompaniyasi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ning rahbar va mutaxassislari, ishchi xodimlar va Toshkent davlat transport universiteti talabalari hamda Toshkent temir yo‘l texnikumi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Transport mutaxassislari, talaba va o‘quvchilar ishtirokida erkin muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi, tajribali sharqshunos, diniy ulamo Ilhom Marupov yig‘ilganlarga bugun jahonning ba’zi davlatlarida sodir bo‘layotgan qonli to‘qnashuvlarning asl mohiyati haqida, shuningdek, yurtimizdagi tinchlikni asrash, fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash, ayrim yurtdoshlarimizni internet va taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib-bilmay yot g‘oyalarga ergashib ketayotgani, ayniqsa, yoshlarning psixotrop moddalarga ruju qo‘yishi, onlayn qimorlarga qiziqib hayotini, kelajagini xavfga qo‘yayotgani haqida so‘z yuritdi hamda atrofimizda sodir bo‘layotgan bu kabi voqealarga hayotiy misollar bilan to‘xtalib, ularni bartaraf etish choralari haqida zarur ma’lumotlar berdi.

Tadbirda O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasida o‘rnatilgan qoidalar, qonunlar tushuntirilib, bu bo‘yicha zarur ma’lumotlar ilmiy, siyosiy, dunyoviy hamda diniy jihatdan tahlil qilib berildi.

Tadbir davomida “Inson qadri” nomli 20 daqiqalik hujjatli film namoyish etildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar mavzu doirasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Marupovdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI