“Ayollar daftari” ro‘yxatida turadigan temiryo‘lchi xotin-qizlarga bayram sovg‘alari ulashildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirga temir yo‘l transporti tarmog‘i tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan “Ayollar daftari” ro‘yxatida turadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar taklif etildi. 

— Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili munosabati bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan 103 nafar “Ayollar daftari” ro‘yxatida turadigan temiryo‘lchi xotin-qizlarga bayram sovg‘alari ulashildi, — deydi tashkilot raisi D.Karimova. — Bugungi tadbirga Toshkent shahar hududida faoliyat yuritayotgan ro‘yxatda turadigan ayollarni taklif qilgan bo‘lsak, hududlardagi temiryo‘lchi ayollarga ham “Mehr-shafqat” hamshiralari tomonidan sovg‘alari yetkazib berildi.

Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining raisi o‘rinbosari M.Ruzimetov hamda Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i D.Sabirov yig‘ilgan xotin-qizlarni samimiy qutlab, temir yo‘l transporti tarmog‘idagi ayollarning o‘rni xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI