O'zbekiston - Germaniya: Biznes forumda temir yo'l mavzusi doirasida qator masalalar muhokama qilindi

Bugun, 1 mart kuni Berlin shahrida O'zbekiston - Germaniya biznes-forumi o'z ishini boshladi. Mazkur tadbir Germaniya savdo-sanoat palatalarining Markaziy Osiyodagi Germaniya iqtisodiyoti vakolatxonasi va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi O'zbekiston - Germaniya ko'p tomonlama munosabatlari doirasida bir qator muzokaralar va muhokamalar o'tkazdi. Xalqaro forum ishida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ vakillari ham ishtirok etmoqda. Xususan, keng ko'lamli masalalarni muhokama qilishda "DB Engineering & Consulting GmbH" xalqaro muhandislik va konsalting kompaniyasi direktori Niko Varbannof bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muloqot davomida tomonlar birgalikda amalga oshirilgan va bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Hamkorlikning istiqbolli rejalari ham muhokama qilindi. Germaniya tomoni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan kollejlar negizida dual ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI