2023-yil 1-yanvar kuni “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘lda to‘xtab qolganligining sababiga qo'shimcha izoh

Kuni kecha tashkil etilgan va voqea joyiga chiqqan idoralararo ekspertlar guruhining xulosalariga ko'ra, sim tarmog‘idagi uzilishining asosiy sababi qisqa tutashishga olib kelgan begona jism, ya'ni – "Osmon fonarlari" deb nomlangan va odamlar tomonidan bayram kunlarda osmonga uchirtiladigan vosita ekanligi aniqlandi.

Temir yo'l yaqinida uning uchirilishi vaqtida ushbu jism elektrovozning pantografiga urilib, qisqa tutashuvga olib keldi va kontakt simining qizishiga olib keldi va buning oqibatida elektrovoz elektr ta'minotidan uzilib qoldi.

Hurmatli fuqarolar! "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yo'lovchilar va yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, huquq-tartibotni saqlash maqsadida temir yo'l xududlarida hamda poyezdlar yaqinida bunday buyumlardan foydalanmaslikni so'rab qoladi. Mazkur holatdan ko‘rinib turibdiki, birinchi qarashda zararsiz narsalar harakat xavfsizligiga ta'sir qilishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda pirotexnika mahsulotlaridan foydalanish taqiqlangan, shuningdek buning uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Ayni paytda bo‘lib o‘gan holat yuzasidan belgilangan tartibda tergov ishlari boshlandi.

Axborot-tahliliy media markazi


1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI