Termiz shahrida baxshichilik maktabi uchun o‘quvchilar turar joyi foydalanishga topshirildi

2021 yilning 22 dekabr kuni esa mamlakatimizning janubiy hududi bo‘lgan Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatining o‘quvchilari turar joyi qurilishi poydevoriga qoziq qoqildi. Ushbu yirik yotoqxona 150 o‘rinli va 4 qavatdan  iborat. Temiryo‘lchilar tomonidan barcha sharoitga ega holatda bunyod etilgan ushbu yotoqxona maktab o‘quvchilariga Yangi yil sovg‘asi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ma'lumki, 2021 yilning 22 dekabr kuni mamlakatimizning janubiy hududi bo‘lgan Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatining o‘quvchilari turar joyi qurilishi poydevoriga qoziq qoqildi. Ushbu yirik yotoqxona 150 o‘rinli va 4 qavatdan  iborat.

Mazkur loyihani qurishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati buyurtmachi, «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» unitar korxonasi esa bosh pudratchi bo‘lib faoliyat olib bordi.

Shu o‘tgan bir yil mobaynida qurilish obyektiga malakali quruvchilardan iborat mutaxassislar va zamonaviy texnikalar jalb qilinib, loyiha bo‘yicha bino sifatli tarzda mustahkam qurilib, yakuniga yetkazildi.

Bu yerda kutubxona, oshxona, sport zali, dars xonasi, maʼnaviyat xonasi, kir yuvish va quritish xonalari hamda yotoqxonalar mavjud. Bundan tashqari 2 ta nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham xonalar ajratilgan.

Bino tarhida ikki tomonlama zina loyihalangan va kuzatuv kameralari bilan taʼminlangan. Turar joy binosining har bir xonasi yangi mebellar bilan ham jihozlangan. Xususan, har bir yotoq xona oynalariga jalyuzi pardalari, krovatlar, isitish va sovitish uskunalari hamda har o‘rinda alohida yorituv chiroqlari, isitish radiatorlari hamda suv isitish uchun zamonaviy moslamalar o‘rnatilib, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Bundan tashqari, binoning orqa tomonida 400 m2 maydonga 32 kVt.li quyosh batareyasi o‘rnatiladi, jumladan, yotoqxona binosi sarflaydigan elektr energiyasining 25 foizini taʼminlab berish quvvatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, alohida ko‘mir va gaz yordamida ishlaydigan qozonxona ham tashkil etilgan bo‘lib, suv tanqisligini oldini olish uchun 100 tonnalik yopiq suv havzasi va 25 m3 hajmga ega suv minorasi qurildi.

Bino hovlisi obodonlashtirilib, yo‘laklarga bruschatka yotqizildi va ko‘kalamzorlashtirilgan qismida turli manzarali daraxt ko‘chatlari hamda anvoyi gullar ekildi.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI