O‘zbekiston – Turkiya: Yangi tashkil etilgan tranzit yo‘lakdan ilk poyezd belgilangan manzilga yetib keldi

O‘zbekiston – Turkiya: Yangi tashkil etilgan tranzit yo‘lakdan ilk poyezd belgilangan manzilga yetib keldi

Bugun, Turkiyadan O‘zbekistonga birinchi marta yo‘nalishi tashkil etilgan ilk yuk poyezdi Toshkentga yetib keldi. Tantanali marosimida " O'zbekiston temir yo'llari "AJ boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov, Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya temir yo'llari vakillari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti prezidentlarining sammiti doirasida yangi transport tranzit koridorlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu kelishuv samarasi o‘laroq bugun Toshkentga Turkiyaning Izmir shahridagi “Gumruh” stansiyasidan 40 ta vagondan iborat birinchi yuk poyezdi yetib keldi.

Eʼtiborli tomoni shundaki, ushbu poyezd “Turkiya – Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston” yo‘nalishida dastlabki yuk poyezdi hisoblanadi. Hozirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yana 250 dan ortiq vagon kelishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu yo'nalish katta rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lib, O'zbekiston yuklarini xalqaro yo'nalishlarda tashish uchun qo'shimcha yo‘nalish hisoblanadi va yurtimiz tadbirkorlari uchun O‘zbekistondan Turkiyaga eksport yuklarini jo‘natishda hamda import yuklarini olib kelishda eng tez va qulay yo‘nalishlardan biri biridir.

Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar mintaqadagi mavjud transport-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasidan samarali foydalanishga, shuningdek, tashqi savdo yuklarini asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga tashish uchun vaqt va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.

Axborot-tahliliy media markazi




1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI