O‘zbekiston – Turkmaniston: Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida Turkmanistonning «Demiryollary» OAJ vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar temir yo‘l sohasidagi, xususan, yuk tashishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar va yaqin istiqbolli rejalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida ikki davlat temir yo‘l maʼmuriyatlarning yuklarni tashish bo‘yicha masʼullar – "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i S. A.Norqоbilov hamda «Demiryollary» OAJ bosh direktori o‘rinbosari A. N.Xudayberdiyev rahbarligida yuk aylanmasini oshirish, ushbu jarayonning uzluksizligini taʼminlash, shu jumladan, transport vositalari va tovarlar bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni almashish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, lokomotiv xo‘jaligi sohasida tajriba almashish va boshqa qator masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklik asosida hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishga kelishib oldilar.


                                                                                                                                                                      Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI