"Sharg‘unko‘mir" AJ tomonidan yordamga muxtoj xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi

2022-yilning 22-noyabr kuni “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida yordamga muxtoj bo‘lgan ishchi-xizmatchilaridan biriga yangi uy kalitini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirdan yarim yil avval Termiz MTU Kasaba uyushmasining hududiy qo‘mitasiga aʼzo barcha korxona va tashkilotlar xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ish samaradorligini oshirish maqsadida boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raislari ishtirokida o‘quv-amaliy seminari tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF5325-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilning 2-sentyabridagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son qonunlarida ko‘zda tutilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash, gender siyosatini amalga oshirilishini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish, temir yo‘l sohasida ishlab kelayotgan xotin-qizlarga eʼtibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatining ish samarasini yana-da kuchaytirish maqsadidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2019-yil 16-dekabr kunidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ish samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, “Sharg‘unko‘mir” AJdagi Maʼmuriy maishiy xizmat uchastkasida kir yuvuvuchi vazifasida ishlayotgan Ko‘charova Bibisoxra Norqulovna so‘zga chiqib, yashash uchun uyi yo‘qligini, yaqin qarindoshlari tomonidan yer ajratib berilgani ammo, uy qurishga qurbi yetmasligini inobatga olib, imkon darajada uy qurilishiga yordam berilishiga korxona maʼmuriyatiga ko‘mak berish iltimosi bilan murojaati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Ishlab chiqarish hammom ishchisi Bo‘riyeva Norxol To‘ychiyevna oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, qaramog‘ida bir nafar ishsiz farzandi borligini, iloji bo‘lsa farzandini “Sharg‘unko‘mir” AJga ishga kirishiga amaliy yordam berilishi hamda Xizmat xonalari farroshi Bobomurodova Mexriniso Amonovna sog‘lig‘idan shikoyat qilib, korxona tomonidan imkon qadar davolanishi uchun yordam berilishini, shu bilan birga boshqa xotin-qizlarni ham muammolari eshitilib, ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish masalasi belgilab olindi.

Yuqorida qayd etilgan ayollarning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha quyidagi ishlar bajarildi: Bo‘riyeva Norxol To‘ychiyevnaning bir nafar ishsiz farzandi “Sharg‘unko‘mir” AJga ishga qabul qilindi, Bobomurodova Mexriniso Amonovnaning davolanishi uchun ko‘mak berilildi, Ko‘charova Bibisoxra Norqulovnaga esa, oldindan yordam so‘rabb uy-joyga muhtoj ekanligini inobatga olinib, “Sharg‘unko‘mir” AJ bosh direktori tashabbusi bilan korxona hisobidan yangi, zamonaviy uy qurib berdi va shu kuni-kecha yangi uyning kaliti o‘z egasiga topshirildi.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI