Mehr-muruvvat ko‘ngildan boshlanadi

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining 97 yilligi, O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining 65 yilligi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni maʼnaviy-intellektual dunyosini boyitish, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan qarash maqsadida 2022-2023 o‘quv yiliga 1-bosqichga qabul qilingan Toshkent temir yo‘l texnikumining 648 nafar o‘quvchilarni jamiyat aʼzoligiga volontyor (ko‘ngilli) bo‘lib qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tashkilot raisi D.Karimova Tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlari bilan ochib berdi hamda volontyorlik faoliyati haqida maʼlumotlar berib o‘tdi.

Tarbiyalanayotgan yoshlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lib, yurtimizning qisqa fursat ichida eng taraqqiy etgan davlatlar safidan o‘rin egallashida talabalar ham munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirishadi hamda mehr-muruvvatli bo‘lishga, volontyor (ko‘ngilli) sifatida o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishga tantanali ravishda vaʼda berishdi va murojaatnomani faol volontyor o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiуati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tadbirlarida faol qatnashib kelayotgan volontyorlar tashkilot tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI