"Temir yo‘l malikasi" ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yetakchilar  tizim tasarrufida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni intellektual salohiyatini namoyon etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish, kasbiy bilim va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida  xar yili “Temir yo‘l malikasi” aʼnanaviy ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Temir yo‘l malikasi-2022” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari tashkil etilib, tanlovning yakuniy Respublika bosqichi joriy yilning 18 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l texnikumida o‘tkazildi.

 Mazkur ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi tizim tasarrufidagi boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarda tashkil etilib, undan har tomonlama iqtidorli, zukko, pazanda, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lgan 10 nafar qizlar saralab olinib, ularga yakuniy bosqichda ishtirok etishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etildi. Mazkur ko‘rik-tanlov asosan, to‘rtta shartdan iborat bo‘lib, ular tanishtiruv,  savol-javob, karving sanʼati, erkin mavzularda bo‘lishi adolatli taʼminlandi. Qizlar bu shartlarning barchasida o‘z iqtidori va intellektual salohiyatini ko‘rsatish bilan bir qatorda karving sanʼati hamda erkin mavzuda ham bor isteʼdodini namoyon etdi.

Shuningdek, erkin mavzuda qizlar o‘zlarini sheʼriyatga oshno qalb egasi ekanligini namoyon etib, turli xil sheʼrlarni  ifodali o‘qishi bilan birga milliy qo‘shiq va jozibali raqs ijro etib ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.

–”Temir yo‘l” malikasi tadbiri munosabati bilan tizimdagi ayol qizlar bilan tanishish, va do‘stlashish nasib qildi, – deydi  Toshkent temir yo‘l texnikumi 2 bosqich o‘quvchisi Abdurasulova Sevara va milliy liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchisi. – Ko‘rik tanlov davomida iqtidorli yoshlar tomonidan qiziqarli sheʼrlar va chiroyli liboslar yordamida yaratilgan timsollarni ham kuzatdim.

Tadbir davomida Toshkent, Samarqand  va Qo‘qon temir yo‘l texnikumlari talabalari tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning yakuniy bosqichda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchi qizlar o‘rtasida 1-, 2-, 3-o‘rin sohibalari saralab olinishi bilan bir qatorda “Temir yo‘l malikasi-2022” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi ham bir ovozdan aniqlandi.

Hakamlar hayʼati aʼzolarining adolat tarozisini teng pallada olib borganligi bois har bir ishtirokchini bilim tafakkuri, ijodiy qobiliyati, isteʼdodi, jamoa ahilligi hamda sahna madaniyatiga to‘laqonli rioya etganligi natijasida birinchi o‘rinni “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi “G‘alaba” stansiyasi yuk hujjatlarini qayta ishlash operatori Aziza Abdullayeva, “Temir yo‘l malikasi-2022” ko‘rik-tanlovi g‘olibasiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi  Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi texnikaviy hujjatlar bo‘lim muhandisi Mohichehra Bafoyevaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi fuqaro bino va inshootlarni taʼminlash va qurilish bo‘limi texnigi Malikabonu Atoyeva  egalladi. Milliy liboslar ko‘rgazmasi tanlovida esa, Samarqand temir yo‘l texnikumi o‘quvchisi Xamdamova Dilnoza g‘oliba bo‘ldi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI