O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk tashishlarda joriy masalalar va rejalari muhokama qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ““Қазақстан темір жолы” MK” AJ vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda temir yo'l transporti, xususan, yuk tashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davlatlararo tutash punktlarida yuk poyezdlarini qabul qilish/o‘tkazish bo‘yicha jadallik va uzluksiz ishlarni tashkil etish, yuk poyezdlarini shakllantirish rejasi, yuk poyezdlarini tashish bo‘yicha konteyner va tranzit tashishlarni tashkil etish kabi masalalar muhokamalarda o‘rin olgan. 

Shuningdek, uchrashuvda oldin qabul qilingan o‘zaro kelishuvlar doirasida joriy yilning 9 oyi davomida ikki davlat yuk tashish faoliyati bo‘yicha salmoqli natijalarga erishilgani alohida ta’kidlandi. Tomonlar yuk tashishlardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI