Toshkent – Chirchiq – Xojikent yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 – yil 24 – sentyabridan boshlab Toshkent – Chirchiq –Xojikent yo‘nalishi bo‘ylab shaharlar aro tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, bu esa Chirchiq shahriga sayohat vaqtini 45 daqiqagacha qisqartirdi.

Toshkent–Janubiy temir yo‘l vokzalidan jo‘nayotgan poyezd poytaxtda yana ikkita bekatda to‘xtab o‘tadi – Toshkent-Markaziy vokzalida va Salar stansiyasida. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdagi «Toshshahartransxizmat» AJ va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan elektropoyezdlarning kelishi va jo‘nash jadvaliga shahar transportining qulay transport yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma ishlar amalga oshirildi.


Hozirda tezyurar poyezdlar har shanba va yakshanba kunlari qatnaydi. Yaqin kelajakda yangi va zamonaviy elektropoyezdlar sotib o‘lgandadan so‘ng, qatnovlar soni ko‘payadi va shahar atrofidagi elektropoyezdlar ish kunlari ham yo‘lvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Berlinda bo‘lib o‘tgan "Innotrans – 2022" xalqaro ko‘rgazmasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ vakillari sotib olish masalasida Ispaniya, Shveytsariya, Chexiya, Polsha,Germaniya, Xitoy va boshqa bir qator mamlakatlar korxonalari bilan muzokaralar olib borishdi.


Axborot-tahliliy media markazi 

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI