"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

“O‘zbekiston” lokomotiv deposida korxona boshlig’i F.E.Maxamatov boshchiligida korxonada xizmat olib boruvchi yosh xodimlar bilan uchrashib, fikr-mulohozalari bilan o’rtoqlashdi. 

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

Shu jumladan, lokomotiv deponing yosh xodimlariga depo rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda yoshlar ittifoqi bo’limi tomonidan alohida etibor berilib kelinmoqda. 

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda depo boshlig’i yosh xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, yuzaga kelgan kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI