“Qo‘qon” lokomotiv deposida avtotransport sohasiga oid seminar mashg‘uloti tashkil etildi

“Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “Qo‘qon” lokomotiv deposida navbatdagi avtotransport sohasida faoliyat yuritayotgan rahbar va maʼsul xodimlar ishtirokida seminar mashg‘uloti tashkil etildi. 

Shu kungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan avtotransport vositalari, qurilish, maxsus, qishloq xo‘jaligi va temir yo‘l texnikalaridan unumli foydalanish, ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish, malakali haydovchilarni tayyorlash, masʼul xodimlarni transport vositalari va texnikalarga biriktirish, shuningdek, hukumat va Jamiyat rahbariyati ko‘rsatmalari, topshiriqlari, buyruq va farmoyishlari ijrosi yuzasidan soha tarkibidagi korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo‘l harakati xavfsizligi holatlarini oldini olish bilan bog‘liq masalalar xususida batafsil maʼlumot berib, bugungi kunga qadar uzel miqyosida yo‘l transport hodisalari sodir etilmaganligini aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng Temir yo‘l texnikalari, mashina va mexanizmlar boshqarmasi boshlig‘i D.Sabirov so‘z olib, transport sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa Vazirliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar, buyruqlar va nizomlarning qisqacha mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Shuning barobarida bugungi kunda foydasidan ko‘proq zarari ko‘p texnikalarni ro‘yhatini shakillantirgan holda ularni ochiq auksion orqali sotish masalasi yo‘lga qo‘yilgan aytib o’tildi.Hamda temir yo‘l texnikalari, avtotransport vositalarining to‘liq bazasi yaratilganligi, ularning markazlashgan holda texnik nosozliklarini taʼmirlash masalalari tashkil etilganligi haqida batafsil maʼlumot berdi. Hozirda yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayoni asosida mazkur maʼlumotlarni elektron bazasini shakllantirish maqsadida “E-transport” dasturi ishlab chiqilayotgani, yaqin kunlar ichida uni ishga tushirilishini aytib o‘tdi.

Mazkur dastur ishga tushirilgandan so‘ng temir yo‘l texnikalari va avtotransportlari haqidagi barcha maʼlumotlar shu kunning o‘zida yangilanib borishi, buning natijasida ularning texnik holati soz yoki nosozligi, biriktirilgan haydovchilar, foydalanilayotgan qurilish obyektlari to‘g‘risida ham qisqa fursat ichida bilib olish mumkinligini taʼkidladi. Shu bilan birga Jamiyat boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosan yoqilg‘i-moy mahsulotlarini iqtisod qilish hamda bu orqali sarf-xarajatlarni qisqartirish, korrupsiya hamda turli xildagi o‘g‘riliklarni oldi olish maqsadida yengil, yuk, maxsus, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarini siqilgan tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish, mavjud transport vositalari va temir yo‘l texnikalariga GPS kuzatuv qurilamalarni o‘rnatishni jadallashtirish darkorligi taʼkidlab o‘tdi. Seminar davomida Toshkent davlat transport

universitetining “Transport intellektual tizimlari muhandisligi” kafedrasi professori Anvar Nazarov so‘zga chiqib, bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida tub islohotlar amalga oshirilyotganligi, shuningdek, mazkur tizimda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashda haydovchilar madaniyatini oshirishni targ‘ib etish dolzarb vazifalarga aylanganligi to‘g‘risida gapirdi. So‘ng Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i V.To‘xtayev ham so‘zga chiqib, ijro intizomi, ichki mehnat tartibi, Tarmoq kelishuvi talablari va mehnat shartnomasi to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga tushuncha berdi. Shuningdek, rahbar va ishchi xodimlar tomonidan belgilangan namunadagi temiryo‘lchi formasini belgilangan tartib asosida kiyish, korxonalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni o‘z lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarini masʼuliyat bilan bajarish, ichki mehnat tartibi talablariga rioya etish, kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirishda olib borilayotgan  ijobiy ishlar xususida gapirib o‘tdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash xizmatiga qarashli Qo‘qon temir yo‘l kasalxonasining shifokori N.Jurayeva ham so‘zga chiqib, haydovchilarni yo‘l oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, inson sog‘ligi va xavfsizligini taʼminlashda avtotransport vositasini boshqarishda nechog‘li zarurligi to‘g‘risida maʼruza qildi. Seminar mashg‘uloti so‘nggida barcha seminar ishtirokchilari transport sohasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga taklif etilgan mutaxassislardan atroflicha javob olishlari barobarida shu kungacha haydovchilarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar hamda yechimini topishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI