Kasb bayrami arafasida xayriya tadbiri

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston  Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi PF-5128-sonli farmoniga asosan avgust oyining birinchi yakshanba kuni "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni" – temiryo‘lchilarning kasb bayrami etib belgilangan edi.

Ayni kunlarda temir yo‘l transporti sohasida kasb bayrami arafasida qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining tashabbusi bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti qaramog‘idagi 380 nafar ko‘p yillar temir yo‘l transportida ishlab nafaqaga chiqqan yakka-yolg‘iz nafaqadagi temiryo‘lchilar va ehtiyojmandlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, ularning xolidan xabar olish va kasb bayramlari bilan temir yo‘l transporti rahbariyati nomidan tabriklar yetkazishmoqda.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining 11 ta Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Xovos, Xo‘jayli, Qarshi, Qo‘ng‘irot, Qo‘qon bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan “Mehr-shafqat” hamshiralari tomonidan oziq-ovqat to‘plamlari qabul qilinib, belgilangan manzillarga yetkazib berilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI