O‘zbekiston – Qirg‘iziston: Hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Cho‘lpon-Ota shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Kamolov va “Qirg‘iziston temir yo‘li” MK” davlat korxonasi bosh direktori o‘rinbosari D.Usubaqunov o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
 
Multimodal transport yo‘laklari bo‘ylab konteynerli yuk tashishni tashkil etish, tranzit tashishda yuk hajmini ko‘paytirish imkoniyatlari va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.
 
Tomonlar, yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, temir yo‘l orqali olib o‘tiladigan mahsulotlar to‘g‘risida oldindan maʼlumotlar bilan almashishga kelishib oldilar. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini loyihalash va qurish sohasida tajriba almashishni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI