“О‘zbekiston” lokomotiv deposida 30 iyun – Yoshlar kuni kuni munosib nishonlandi

“О‘zbekiston” lokomotiv deposida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan iqtidorli, shijoatli, mehnatsevar yoshlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi. 

Unda depo rahbariyati, yosh temiryо‘lchilar jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

“О‘zbekiston” lokomotiv deposida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan iqtidorli, shijoatli, mehnatsevar yoshlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi. 

Unda depo rahbariyati, yosh temiryо‘lchilar jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida depo rahbari F.Mahamatov sо‘zga chiqib, barcha korxona yoshlarini 30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy qutladi va depoda yoshlarga oid davlat siyosati borasida shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda yosh oilalarni uy-joy va ish bilan ta’minlash va ularga moddiy yordam berish masalasiga ham katta e’tibor berilayotgani xususida gapirib о‘tdi. 

– Siz yoshlar ertangi kunmiz davomchilaridirsiz, – dedi depo rahbari Farhod Mahamatov. – Temir yо‘l rivoji ham siz kabi bilimli, erkin fikrli, innovatsion g‘oyalar yaratuvi yoshlar qо‘lidadir. Shuning uchun ham depoda siz yoshlar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. 

Bugungi kunda korxonada yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari va bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Xususan, о‘tgan 2021 yilning aprel oyida Xovos filialida 1 ta mini futbol maydonchasi foydalanishga topshirildi. 2021 yil yanvar oyida ma’muriy binoning 4 qavatida sport maydonchasi tashkil etildi. Mazkur sport majmuasida trenajor zali hamda stol tennisi maydonchasi tashkil etildi. 

Tadbirga sо‘z olgan, “О‘zbekiston qahramoni” unvoni va “Faxriy temiryо‘lchi” belgisi sohibi Tо‘lqin Ibragimov о‘z hayot yо‘llari hamda 51 yillik ish faoliyati haqida gapirib, yoshlarga g‘ayrat va shijoat bag‘ishladi. 

Shundan sо‘ng shijoatli, mehnatsevar, har jihatda barchaga о‘rnak bо‘lib kelayotgan bir qator temiryо‘lchi yoshlar depo rahbariyati hamda Kasaba uyushma qо‘mitasi tomonidan “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga “yoshlar oyligi” doirasida о‘tkazilgan stol tennisi, shaxmat, mini futbol musobaqalari g‘oliblari ham qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, depo yoshlar jamoasi tomonida amalga oshirilgan “Smart depo” innovatsion loyihasi bо‘yicha Innovatsion vazirligining sertifikati Zafar Anvarovga tantanali tarzda topshirildi.

Anjumanning badiiy qismida “О‘zbek davlat satira teatri” aktiyor va sо‘z ustalari hamda taniqli san’atkorlari tomonidan aytilgan hangomalar, kuy -qо‘shiqlar tadbirga о‘zgacha fayz bag‘ishladi.
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI