Anomal issiq ob-havo, temir yo‘llar va yo‘lovchilar...

Maʼlumki shu kunlarda yurtimizda yuqori darajadagi ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Xabar berganimizdek, bunday issiq havoda temir yo‘llariga taʼsiri bo‘lishi shubhasizdir. Shu bois, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezdlarning barcha turlari (yuk va yo‘lovchi) tezligiga cheklov belgilandi.

Albatta ushbu anomal issiq havo yo‘lovchi poyezdlarda ketayotgan yo‘lovchilarga ham noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Bu borada “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchi vagonlarni yangilash hamda sovutish tizimi bilan jihozlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hozirgi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami vagonlardan:

- 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi (har biri 11 ta vagondan (umumiy 66 ta vagon) tashkil topgan va to‘liq sovutish tizimi bilan jihozlangan); 

- 5 ta tezyurar (“Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston”) yo‘lovchi poyezdlar mavjud bo‘lib, umumiy 46 ta vagondan tashkil topgan, barcha vagonlar sovitish tizimi bilan to‘liq jihozlangan.

Bundan tashqari boshqa mahalliy hamda xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar tarkibida:

- 15 ta “SV” turdagi vagonlar (sovutish tizimlari bilan to‘liq jihozlangan);

- 38 ta “Kupe” turidagi vagonlar (22 tasi sovutish tizimi bilan jihozlangan, 16 tasida havo almashtirsh (вентиляция) tizimi bilan jihozlangan).

- 74 ta “Plaskart” turidagi vagonlar (havo almashtirsh (вентиляция) tizimi bilan jihozlangan);

- 13 ta yo‘lovchilarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga mo‘ljallangan “Vagon-restoran” turagi vagonlar (sovutish tizimlari bilan to‘liq jihozlangan).

Hozirgi kunda yo‘lovchilar tashishda 252 ta vagonlardan foydalnilyotganligini, hamda shundan 162 tasi sovutish tizimi bilan to‘liq jixozlangan, 90 tasi esa havo almashtirsh (вентиляция) tizimi bilan jihozlangan.

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joizki, yo‘lovchi vagonlarni sovutish tizimi bilan jihozlash juda katta sarmoya talab qilinadi, sovutish tizimi bilan jihozlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan vagonlarni yangisiga bosqichma-bosqich almashtiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022-2024 yillarlda 100 ta yangi sovutish tizimi bilan to‘liq jihozlangan vagonlarni xarid qilish reja qilingan.

Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan etakchi halqaro kompaniyalar bilan barcha yo‘lovchi vagonlarni zamonaviy sovutish tizimlari bilan bilan jihozlash maqsadida muzokaralar olib borilmoqda va yaqin vaqtda barcha turdagi yo‘lovchi vagonlar bosqichma-bosqich jihozlanishi belgilangan.

Yo‘lovchilar tomonidan tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida hozirgi kunda sovutish tizimi mavjud bo‘lgan hamda havo almashtirsh (вентиляция) tizimi bilan jihozlangan “Kupe” turidagi vagonlardagi chipta narxida tafovut mavjud bo‘lib, chipta xarid qilingan vaqtda  vagonlarda sovutish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi haqida kassa xodimlari axborot beradi. Agar elektron chipta xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda tizimda  vagonlarda sovutish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi haqida maxsus belgi qo‘yiladi. 

Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI