“O‘zbekiston" lokomotiv deposida “Harakat xavfsizligi kuni"

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida chorshanba kuni “Harakat xavfsizligi kuni” deb belgilangan. Shu kuni soha tasarrufidagi barcha korxonalarda harakat xavfsizligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar kuchaytirilgan nazorat va ishchi-xodimlarning bilim-ko‘nikmalari oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.

Ana shunday tadbirlardan biri “O‘zbekiston” lokomotiv deposida 22 iyun kuni korxona boshlig‘i F.Maxamatov, O‘zbekiston bekatida XTB boshlig‘i Sh.Sobirov boshchiligida lokomotiv brigadalari bilan harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda lokomotivlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar batafsil muhokama qilindi. 

Shundan so‘ng, ishchi-xodimlarning o‘qish va ish vaqtida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminarni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti ijrochi direktori S Ollaberganova, tashkilot Favqulotda vaziyatlar bo‘yicha koordinator M.Sabitov hamda tashkilot mutaxassisi U.Fayazovalar olib borishdi.

O‘quv-seminarda mutaxassis tomonidan ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda va birinchi yordam ko‘rsatishda jarayonida eng zarur bo‘ladigan buyumlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilib, qanday harakatlarni amalga oshirish texnikasi tushuntirib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI