O‘zbekiston – Ispaniya: Hamkorlikning yangi istiqbolli rejalari

Shu kunlarda Ispaniya davlatining Patentes Talgo S.L.U. kompaniyasi boshqaruvi raisi Gonsalo Urkixo Fernandes de Araos boshchiligidagi delegatsiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi v. b. X.N.Hasilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko'p yillik hamkorlikni hamda ikki tomonlama samarali  munosabatlarning yanada rivojlanishi borasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, yurtimizda yo'lovchi poyezd qatnovlari rivojlanishi va yangi temir yo'l liniyalarini elektrlashtirish (Buxoro – Urganch – Xiva) bilan bog'liq istiqbolli rajalar, xususan yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezdlarni sotib olish masalasi mavjudligi muhokama qilindi. Ushbu jarayon tender asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a'zolari O'zbekistondagi Patentes Talgo S.L.U. vakolatxonasi rahbari Antonio Martinez bilan birgalikda "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlariga servis xizmati ko'rsatish markaziga tashrif buyurdilar. Yuqori tezlikdagi yo’lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish va foydalanish boshqarmasi boshlig’i Sh.T.To'laganov va uning o'rinbosari O.P.Kulaxmetov rahbarligida mehmonlar harakat tarkiblariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, poyezdlarning harakatini onlayn monitoringini olib borish va xodimlarning ish sharoitlari bilan tanishtirdilar. Uchrashuv doirasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga texnik xizmat ko'rsatish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI