Joylarda aholi bilan sayyor qabullar o'z ishini davom etmoqda

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori Marufxon Xodjayev boshchiligida Transport vazirining oʻrinbosari Jasurbek Choriyev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rayisining oʻrinbosari Xayitbay Omonov, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv direktori oʻrinbosari Boxodir Mirusmanov va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi rayisining oʻrinbosari Jamshid Tursunovlar ishtirokida Buxoro shaxridagi Temiryo'lchilar istirohat bog'ida transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ishchilar bilan navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan 2022 yil – «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili» va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan joylarda qator vazirlik, idora va tashkilotlarning mutasaddi vakillari rahbarligida aholi bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Mutasaddi mansabdor shaxslar oldida aholining kundalik hayotida yuzaga kelayotgan muammolarni, soha vakillarining kasbiy faoliyatiga oid masalalarni diqqat bilan tinglash, o'z vaqtida ko'rib chiqish va ularga javob berish kabi muhim vazifa turibdi.

Sayyor qabulda aholining ayrim muammolarini hal etish, ayrim to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha bevosita mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilotlarga ijrosi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarning ayrim murojaatlari qabulning o‘zida hal qilindi.

Ta'kidlash joizki, sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar aholi bilan muloqotni yanada faollashtirish zarurligini aks ettiradi. Shu munosabat bilan bunday uchrashuvlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham o'tkazilishi davom etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI