Afg'onistondan temir yo'l orqali eksport hajmi ortib bormoqda

Maʼlumki, Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagini yana-da rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish, hamda uzoq yillik qo‘shnichilik aloqalarini yana-da mustahkamlash maqsadida qariyb 10 yil davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasi Afg‘onistonda “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 

Ushbu davr mobaynida “Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasi tomonidan Afg‘oniston va Afg‘oniston orqali boshqa davlatlarga qariyb 28 million tonna yuk yetkazib bergan. Bundan tashqari mazkur korxona Afg‘oniston yuklarini temir yo‘ldan O‘zbekiston Respublikasi orqali MDH mamlakatlari hamda Xitoyga eksport qilishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.  

Jumladan, joriy yilda (01.01.2021 yildan – 19.12.2021 yilgacha) jami 32 410 tonna (564 vagon) yuk Afg‘onistondan eksport qilingan bo‘lib, ulardan asosan 3 647 tonna quruq meva, 24 317 tonna kartoshka, 4249 tonna mandarin va 197 tonna talk mahsulotlari eksport qilishga erishilgan. Mamlakatlar kesimida esa, mazkur yuklar eksporti Qozog‘istonga – 13 869 tonna, O‘zbekiston Respublikasiga – 15 969 tonna, Rossiya Federatsiyasiga – 2572 tonnani tashkil etib, Afg‘oniston iqtisodiyoti va uning rivojlanishiga amaliy yordam tariqasida xizmat qilishi shubhasizdir. Qolaversa, yaqin kelajakda “Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasi tomonidan Afg‘on tadbirkorlarining Qozog‘istonga 45 ta vagon va O‘zbekistonga 99 ta vagonda turli yuklarini tashib berishni rejalashtirilgan.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI