O‘zbekistonda transfert narxni belgilash: Transfert narxni belgilashni qo‘llash istiqbollari

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ochiq, shaffof va bozor tamoyillariga yo‘naltirilgan zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, “Katta to‘rtlikka” kiruvchi KPMG audtorlik kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda, tizimli va izchil ishlarni davom ettirmoqda.

Joriy yilning 6 – 9 sentyabr kunlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda KPMGning ekspertlari ishtirokida transfert narxni belgilashga bag‘ishlangan turkum vebinarlar bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan onlayn-konferensiyalar doirasida transfert narxni belgilash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba, «transfert narxi», «transfert bahosi», «tashqi savdo nazorati ostidagi bitimlar» va boshqa tushunchalar ekspertlar tomonidan ochib berilidi. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini, soliq to‘lovchining soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda to‘g‘rilash huquqini tushuntiruvchi misollar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Konferensiyalar yakunida 2022 yilga qadar - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining «Transfert narxni belgilashda soliq nazorati» yangi bo‘limi kuchga kirganda qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida ekspertlar tomonidan batafsil tavsiyalar berildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI