Bayram salyutlari tufayli yo'lovchilar oqimi oshganligi sababli metroning Chilonzor yo‘nalishida harakat tarkiblari maxsus jadval asosida harakatlandi


Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram salyutiga “O'zbekiston milliy bog'i” atrofiga ko‘plab poytaxt aholisi va uning mehmonlari to'plandilar va shu sababli Toshkent metropolitenining  Chilonzor yo'nalishida yo'lovchilar oqimining ortishi kuzatildi.

Shu kabi tadbirlar jarayonida orttirilgan tajribadan kelib chiqqan holda hamda yo'lovchi tashish taqsimotini tashkil etish va harakat tarkiblari orasidagi intervalga rioya qilish maqsadida, harakat maxsus jadval bo'yicha tashkil etildi. 

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda harakat tarkibini turib qolishi bilan bog'liq tarqalayotgan video lavhalarga aniqlik kiritib o'tmoqchimiz. Ya'ni, “Novza” bekatiga 19:24da kelgan harakat tarkibi (11-yo'nalish) yo'lovchilarni bekatda qoldirib, “Olmazor” bekati tomon zahiraga yuborilgan va “Buyuk Ipak yo'li” bekati tomon qarama-qarshi yo'nalishga o'tkazilgan.

Takrorlab o‘tamizki, harakat tarkibini bir yo'ldan ikkinchi yo'lga o'tkazish yo'lovchilar oqimini nazorat qilish maqsadida, maxsus jadvalga muvofiq amalga oshirilgan.

Hurmatli yo'lovchilar, tashvishlanish uchun hech qanday sabab yo'qligini ta’kidlaymiz! “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining ma'muriyati barchani – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, tinchlik va osoyishtalik tilaydi!

                                                                                                                                                              “Toshkent metropoliteni” UK
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI