Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

23:33:32 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Metro stantsiyasining vaqt ko‘rsatuvchi tablosiga qilingan xakerlik hujumiga izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi "3-Bekat" stansiyasida vaqtini ko‘rsatuvchi soat  darchasida harakatlanuvchi satrda nojo‘ya gap aks ettirilgan video tarqalmoqda.  

Ushbu hodisa bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. unga ko‘ra 12 aprel kuni soat 16:40da ushbu vaqtini ko‘rsatuvchi soat  mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu darcha elektron tizimli bo‘lib Wi-Fi orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o‘rnatilgan parolni buzib, unga nojo‘ya gapni harakatlanuvchi satrga joylashtirgan. Ta'kidlash joiz, mazkur gap 4 daqiqa ichida olib tashlandi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

“Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati telekommunikatsiya tarmog‘iga noqonuniy (sanksiyasiz) ulanishdan ogohlantiradi va  bunga jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tadi.

“Toshkent metropoliteni” UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish