Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:29:51 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Sergeli stansiyasidagi yuk vagonining izidan chiqib ketishi toʻgʻrisida sharh

Bugun, 26 sentyabr kuni, soat 13:50 da, Sergeli stantsiyasidan oʻtayotganda yuk poyezdining koʻmir ortilgan 8-vagoni (Qozogʻiston Respublikasiga tegishli) temir yoʻl izidan chiqib ketdi.

Mazkur holatning dastlabki sababi, yuk vagonining yon telejkasi (bokovaya rama telejki)ning sinishida ekanligi tahmin qilinmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda. Ushbu vaziyat poyezd harakati paytida yuzaga kelgan boʻlib, yoʻlidagi hududda shpal bilan relslarni mustahkamlash qismlariga zarar yetkazdi. Buning oqibatlarini mahalliy aholidan biri tomonidan videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Video muallifi kadr ortida temir yoʻl holatidan xavotirda ekanligini ta‘kidlaydi. Shu munosabat bilan, temir yo‘l soha mutassaddilari shuni ma‘lum qiladiki, hozirgi vaqtda ushbu temir yoʻl qismida tiklash ishlari olib borilayotganini hamda soat 17:45da koʻtarma ishlari yakunlanganligini qayd etdilar. Mazkur hodisa yoʻlovchi poyezdlari harakatini tashkil etishga ta'sir qilmadi, asosiy temir yo‘lidagi harakat jadval asosida amalga oshirilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish