Suv havzalari ustiga ko‘prik qurishda yangicha yondashuv

Ma'lumki, bugungi kunda “Pop – Namangan – Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish borasida “O‘zbekiston temir yo‘llari”  AJ tomonidan jadal ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda 100 kilometrlik “Namangan – Andijon” yo‘nalishida elektrlashtirish ishlarining qariyb 70 foizidan ortig‘i bajarib bo‘lindi.

Mazkur loyiha doirasda bunyod etilayotgan sun'iy inshootlar qatorida avval qilinmagan noyob usullar qo‘llanilmoqda. Ta'kidlash lozimki, temiryo‘lchilarga Farg‘ona vodiysida barpo etilgan yirik sug‘orish inshooti – Katta Andijon kanali ustidan po‘lat izlarni yotqizish vazifasi qo‘yilgan edi. Gap shundaki, qurilayotgan ko‘prikning asosiy ustunlari oldin kanaldagi suv oqimini to‘xtatgan holda o‘rnatilgan edi. Hozirda esa, ayni dehqonlarimiz tomonidan ekinlarni sug‘orish ishlari jadallik bilan olib borilayotganligi, issiq havoda suvning qishloq-xo‘jaligi uchun muhimligi yanada oshgani bois, qurilish ishlari kanal suvini (oqimini) to‘xtatmasdan amalga oshirilishi lozim. Shunga qaramasdan ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu jarayon bizning quruvchi mutaxassislarimiz tomonidan ilk bor o‘tkazildi.

Ushbu noyob qurilishni amalga oshirish uchun “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari alohida loyihani ishlab chiqishdi va “Andijon mexanika zavodi” shuba korxonasi tomonidan ko‘prik uchun maxsus metal-konstruksiyalar tayyorlandi. Bugungi kunga kelib “Ko‘prikqurilish Tresti” UK quruvchilari tomonidan temir-beton oraliq balkalari o‘rnatildi va qurilish-montaj ishlari yakunlandi, hozirda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ta'kidlash lozim, qurilish-montaj jarayonida ishchilarni xavfsizligi to‘la ta'minlanib, nazorat ishlari kuchaytirildi va texnika xavfsizligi qoidalariga qattik amal qilingan holda ish olib borildi. 

Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash va “Namangan – Andijon” yo‘nalishining elektrlashtirilishi natijasida Oltin vodiy bo‘ylab 331 km uzunlikdagi xalqa yo‘lida   elektropoyezdlar to‘liq harakatlanishiga erishiladi va mahalliy aholining hududlararo harakati yengillashishiga erishiladi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI