Bayram chegirmalari!


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 21-23 mart kunlari nishonlanadigan Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari uchun mavjud tariflardan quyidagi chegirmalarni taqdim etadi:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;

- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta'lim muassasalari talabalari – 15%;

-  Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;  

- Kollektiv (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida)  – 15%;

- "Afrosiyob" elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10%.

IZOH: Yuqorida qayd etilgan chegirmalar faqat temir yo‘l kassalarida rasmiylashtiriladi. Ammo, ushbu chegirmalar elektron chiptalarni rasmiylashtirishda taqdim etilmaydi, chunki bu jarayon texnik jihatdan mavjud emas (mutaxassislar ushbu funksiyani takomillashtirish borasida ishlashmoqda).

Chegirmalar bo‘yicha boshqa qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" АJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI